🏆 Turnirlar qo'llanmasi

TeamFinder orqali mini-turnirlar yaratish va qatnashish bo'yicha to'liq qo'llanma

💡 Turnir qanday ishlaydi?

TeamFinder turniri — bu single elimination (bir mag'lubiyat) formatidagi mini-musobaqa. Jamoalar bracket bo'yicha raqobatlashadi va har bir matchda yutqazgan jamoa tushib qoladi.

⚡ Formatlar:

  • Solo (1v1) — yakka o'yinchilar
  • 2v2, 3v3, 4v4, 5v5 — jamoaviy o'yinlar
  • 4, 8, 16 jamoagacha qatnashishi mumkin

📝 Turnir yaratish

1

Botga o'ting

@TeamFinderUzBot ni oching va 'Turnirlar' bo'limiga kiring

2

O'yinni tanlang

Valorant, CS2, Dota 2, PUBG, Apex yoki LoL

3

Turnir nomini yozing

Masalan: 'Ranked turnir', 'Weekend cup'

4

Jamoalar sonini belgilang

4, 8 yoki 16 jamoa

5

Har jamoada o'yinchi soni

1 (solo) dan 5 gacha

6

Tasdiqlang

Turnir yaratiladi va boshqalar qo'shila boshlaydi!

👥 Jamoa yaratish

1

Turnirga qo'shilish

Turnir ro'yxatidan turnirni tanlang va 'Qo'shilish' tugmasini bosing

2

'Yangi jamoa yaratish'

Yangi jamoa yaratish tugmasini tanlang

3

Jamoa nomini yozing

Unikal nom bo'lishi kerak (bir xil nomli jamoalar ruxsat berilmaydi)

4

Parol o'rnating

4-16 belgili parol — jamoangiz a'zolari shu parol bilan qo'shiladi

5

Parolni ulashing

Parolni do'stlaringizga yuboring — ular shu parol bilan jamoangizga kiradi

⚠️ Muhim: Parolni faqat ishonchli odamlarga bering! Parolni bilgan har kim jamoangizga qo'shila oladi.

🔗 Mavjud jamoaga qo'shilish

1

Turnirga qo'shilish

Turnir sahifasida 'Qo'shilish' tugmasini bosing

2

Jamoani tanlang

Bo'sh joylari bor jamoalar ro'yxatidan birini tanlang

3

Parolni kiriting

Jamoa kapitanidan olgan parolni kiriting

4

Tayyor!

Siz jamoaga a'zo bo'ldingiz. Turnir boshlanishini kutasiz!

⚡ Turnir boshlanganda

Jamoalar yig'ilgandan keyin turnir yaratuvchisi "Boshlash" tugmasini bosadi. Bracket avtomatik generatsiya qilinadi.

🎯 Matchlar

  • • Jamoalar bracket bo'yicha juftlashtiriladi
  • • Har match natijalari kiritiladi
  • • G'olib keyingi raundga o'tadi

💬 Aloqa

  • • Telegram orqali bir-biringiz bilan bog'laning
  • • O'yin vaqtini o'zaro kelishib oling
  • • Natijani turnir yaratuvchiga xabar bering

🏆 Final matchda g'olib bo'lgan jamoa turnir chempioni! Reyting ballari qo'shiladi.

⭐ Reyting ballari

+5
Turnir qatnashish
+3
Rejali o'yin
+2
Sherik izlash